আলহোনিং কলমি কুরআনী করিম হাকীদা বাতাফসিল
Insonni eng go‘zal suratda yaratgan, uni imon ne’mati bilan sharaflagan, Qur’oni karimni bashariyat uchun saodat manbai qilib nozil etgan Alloh taologa behisob hamdu sanolar aytamiz!
Allohning Kitobini bizlarga omonat bilan yetkazgan, haѐtga tatbiq etib ko‘rsatib bergan, xulqlari Qur’on Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo hazratlariga, u zot oila a’zolariga, sahobalariga salavotlar, salomlar yo‘llaymiz!
Shikasta dillarning mohir tabibi Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Ogoh bo‘linglar!
Inson tanasida bir parcha et bor. Agar u tuzalsa, (odamning) butun tanasi tuzaladi. Agar buzilsa, tananing hamma a’zosi buziladi. Ogoh bo‘linglar, u qalbdir”, deganlar.