We use cookies and other technologies on this website to enhance your user experience.
By clicking any link on this page you are giving your consent to our Privacy Policy and Cookies Policy.
Ayollarga Xos Masalalar 图标

1.0 by Shum Bola


2020年04月13日

关于Ayollarga Xos Masalalar

阿约尔–阿罗努里

Alloh taolo birinchi ayol – Havvoni erkak, ya’ni Odamning qovurg’asidan yaratgan. Men bu holatdan ham bir ilohiy hikmat tuyaman. Inson tanasini qovurg’asidan ajratib bo’lmaganiday, erkakni ham ayoldan ayirish juda qiyin! Alloh taolo insoniyat silsilasini davom ettirish uchun ayolga onalik baxtini, imkonini bergan. Ayol erkak uchun lazzatli hayot va taskin, osoyishtalik timsoliga aylangan. Qur’oni karimda shunday deyilgan:

“Alloh shundayin zotki, Sizlarni bir jondan (Odamdan) yaratdi va u orom osoyish topsin, deb uning o’zidan juftini vujudga keltirdi”. (A’rof,189) Yana Qur’oni majidda shunday deyiladi: “Ular (ayollar) Sizlarning libosingiz. Sizlar ular uchun libossiz (ya’ni, er-xotin bir-biriga kishi libosga muhtoj bo’lgani kabi muhtojdirlar)”.(Baqara,187)

Insoniyatning oxirgi Payg’ambari Muhammad alayhissalom ayol nomini ulug’lash, uning sha’nini ko’tarish, xotin-qizlarning huquqini belgilab berishda faqat Islom ummatigagina emas, balki kishilik jamiyatiga ibrat va namuna bo’lib kelyaptilar. U zotdan rivoyat qilingan hadisni bir eslang: “O‘z xotiniga mehr-shafqatli bo’lgan kishilar oralaringizdagi eng yaxshi kishilardir”. Payg’ambar alayhissalomdan «Nimani yaxshi ko’rasiz?» deb so’rashganida: «Ayolni, xushbo’y narsalarni va namozni», deb javob qaytarganlar. Buni shoir chiroyli satrlarga shunday muhrlagan:

Xotin-qizlar, xushbo’ylar mehri, Bu dunyoda dilga bo’ldi jo. Ko’nglim xushi, ko’zim qorasi, Dil yupanchi namozda ammo.

Payg’ambar alayhissalomning ayollari ham u zotga nisbatan cheksiz hurmat, sadoqat, itoat, muhabbat namunalarini ko’rsatishdi. Birinchi zavjalari Xadichai Kubro qabilaning eng baobro’, badavlat, nasabli va go’zal ayollaridan edi. Bu oqila ayol Muhammad alayhissalomning to’g’ri so’z, halol, xushhulq va rostgo’yliklari tufayli o’zi sovchi qo’yib, u zotga turmushga chiqdi. Butun boyligini, mehr-muruvvatini qo’sh-qo’llab tutdi. U zotning Islom dinini yoyish yo’lidagi mashaqqat-azoblariga sherik bo’ldi, qiyin kunlarda yupanch, dalda berdi, chinakam safdosh va sirdosh bo’ldi. Kenja zavjalari hazrati Oisha (r.a.) Payg’ambar alayhissalomdan eng ko’p rivoyat qilgan safdoshlaridan bo’ldilar. U zotning ko’rsatma va da’vatlarini Islom ummatiga yoyishda eng ko’p jonbozlik qildilar.

Payg’ambar alayhissalomning qizlari Fotimai Zahro ham imom Hasan va Husaynlarday tabarruk insonlarni hayot bergan, tarbiyalagan eng oliyjanob ayol sifatida tarix qatlariga muhrlanganlar.

Ammo jaholat va kufr hukmron bo’lgan zamonlarda ayolning holiga voy edi. Unga bir buyum, erkaklarning ko’ngilxushi sifatida qaralardi. Islomgacha bo’lgan arab dunyosida qiz farzandlarni tiriklay ko’mish odat tusiga kirgandi. Ayollarni cho’ri sifatida olib sotishardi, tanfurushlik qilib, pulini xojasiga topshirishga majburlashar, xotinlari sonini ko’payirib, ularni xo’rlashar, zulm ko’rsatishar edi.

Hatto, o’zini ancha madaniyatli va hur fikrli sanagan G‘arb olamida ham ayollarning holiga maymunlar yig’lardi. Unga bir xizmatkor yoki bir buyum sifatida qaralardi. “Shaytonning urg’ochisi”, degan nomlar bilan kamsitib, xo’rlashardi. Hatto, G‘arb mamlakatlaridan birining parlamenti “Ayolni inson, deb hisoblash kerakmi-yo’qmi?” degan masalani muhokama qilgan ekan. Nasroniy olimlar erkaklarni yo’ldan ozdirguvchi, bolalarni yamlamay yutuvchi bu dunyoni “ayol dunyo”, deb ta’riflagan ekanlar.

Ammo Islom qonunlari asosida yashay boshlagan o’lkalarda ayolning mavqei oshdi, sha’ni ulug’landi, huquqi kengaydi. Uning jamiyatdagi huquqlari haqida gapirmay qo’yaqolaylik, hatto, oiladagi huquqlarining kengligi va adolatparvarligi hozirgi G‘arb tadqiqotchilarini ham hayratga solyapti. Islom shariatiga ko’ra, erkak xonimining ro’zg’or, kiyim-kechak, yemak-ichmak sohasidagi barcha sarfu-xarajatlarini, ehtiyojlarini zimmasiga oladi, uning ruxsatisiz Hajga ham ketolmaydi, agar ayoli bolani emizishni xohlamasa, bu ishga boshqa ayolni pulga yollaydi, xonimiga yaxshi muomalada bo’lib, uning nuqson-ayblarini, sirlarini yashiradi va hokazo.

最新版本1.0更新日志

Last updated on 2020年04月13日

Ayollarga Xos Masalalar

翻译中...

更多应用信息

最新版本

请求 Ayollarga Xos Masalalar 更新 1.0

上传者

Nimesh Mishra

系统要求

Android 4.1+

更多

Ayollarga Xos Masalalar 屏幕截图

订阅APKPure
第一时间获取热门安卓游戏应用的首发体验,最新资讯和玩法教程。
不,谢谢
订阅
订阅成功!
您已订阅APKPure。
订阅APKPure
第一时间获取热门安卓游戏应用的首发体验,最新资讯和玩法教程。
不,谢谢
订阅
成功!
您已订阅我们的邮件通知。