We use cookies and other technologies on this website to enhance your user experience.
By clicking any link on this page you are giving your consent to our Privacy Policy and Cookies Policy.
Yalla 图标

1.0 by Sado


2019年08月12日

关于Yalla

Yalla guruhi , Farruh Zokirov qo'shiqlari

Yalla — oʻzbek folk-, rok- va pop-guruhi. Asoschisi va solisti — Farrux Zokirov. 1970-yil Toshkent teatr va rassomlik sanʼati instituti qoshida institut Oʻquv teatri direktori, shoir G.Rojkov va dastlabki musiqa rahbari — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, kompozitor Ye.Shiryayev tashabbusi bilan VIA shaklida tashkil topgan. Ishtirokchilari — F.Zokirov (1976-yildan badiiy rahbar), Shahboz Nizomitdinov, L.Kandalova, B.Joʻrayev, S.Avanesov, A.Fatxullin, Nargiz Boyxonova va boshqalar 1971-yil Oʻzbek konsert tarkibiga kirib, 1975-yil „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan ansambl“ unvoniga sazovor boʻlgan. 1970-yillar oxirida ansamblga Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar R.Ilyosov (musiqa rahbari va aranjirovkachi, 1994-yilgacha), J.Toʻxtayev, A.Aliyev, A.Toʻlaganovlar kelib qoʻshilgan. „YA.“ ijodida milliy ohang va usullari rok musiqa („bluz rok“, „soft rok“, „rok-n-roll“ va boshqalar), Yevropa va Sharq musiqiy estrada shakllari hamda ommaviy musiqaning boshqa vositalari bilan uygʻunlashib, oʻziga xos, joʻshqin va jozibali uslub shakllanishiga asos boʻldi. Repertuaridan folkrok uslubida qayta ishlangan oʻzbek xalq qoʻshiq, yalla va ashulalari („Boychechak“, „Yumalab-yumalab“, „Qilpillama“, „Gʻayra-gʻayra“, „Xandalak“ va boshqalar), oʻzbek kompozitorlari („Oʻzbekiston“, S.Yudakov; „Qiz bola“, E.Solihov; „Bahor qasidasi“ F.YanovYanovskiy va boshqalar)ning aranjirovka qilingan asarlari va F.Zokirov bastalagan qoʻshiqlar („Majnuntol“, „Sumalak“, „Masxarabozlar“, „Sen boʻlmasang yonimda“, „Musiqali choyxona“, „Leyli“, „Uchquduq“, „Shahrisabz“, „Toshkentim onam“, „Yurt ishqida yonaman“, „Bugun bayram“ va boshqalar) oʻrin olgan. Ayniqsa, „Yallamayorim“ (1984) va „Musiqali choyxona“ (1987) teatrlashtirilgan dasturlari mashhur boʻlib, Oʻzbekiston va koʻpgina chet mamlakatlarda namoyish etilgan. Ijrolari 10 dan ortiq gramplastinkaga yozilgan. Yevropa, Osiyo, Afrika va Amerika mamlakatlarida bir necha marta gastrolda boʻlgan.

„Yalla“ vokal-cholgʻu ansambli 1970 yilda Toshkent shahrida Toshkent Teatr Instituti va Toshkent Konservatoriyasi bitiruvchilaridan tuzilgan. 1971-yildagi „Allo, isteʼdodlarni qidirayapmiz“ ("rus. Алло, мы ищем таланты") Butunittifoq koʻrik-tanlovida Farruh Zokirov boshchiligidagi „Yalla“ ansambli rus tilida ijro etgan „Na tot bolshak“ qoʻshigʻi ularga koʻrik-tanlov diplomini keltirib, katta shuhrat berdi. 1974-yilda esa Oʻzbekistonda ancha tanilib qolgan „Yalla“ Bratislavadagi tanlovda „Majnun tol“ qoʻshigʻi bilan Gʻarbdagi tomoshabinlar eʼtiboriga tushdi. Ularning „Uch quduq“ qoʻshigʻi esa Ittifoq shlyageriga aylandi.

Ushbu ilovada Yalla guruhining:

- Alpomish

- Amina

- Азия

- Бака-банг

- Bugun bayram

- Chayxana

- Do`st

- Eslab feat Ulug`bek Rahmatullayev

- G`ayra-g`ayra

- Kelibdi

- Купола

- Lolalar

- Люляки

- Mulla do`st

- Очарованная любовь

- Ona toshkentim

- O`zbek choyxonasi

- Qaraturgay

- Ra`no

- Sog`inish

- Uchquduq

- Yorim ketaman deydi nomli qo`shiqlari joy olgan.

最新版本1.0更新日志

Last updated on 2019年08月12日

Yalla guruhi Farruh Zokirov qo'shiqlari

翻译中...

更多应用信息

最新版本

请求 Yalla 更新 1.0

上传者

Fangjie Lin

系统要求

Android 4.1+

更多

Yalla 屏幕截图

语言
订阅APKPure
第一时间获取热门安卓游戏应用的首发体验,最新资讯和玩法教程。
不,谢谢
订阅
订阅成功!
您已订阅APKPure。
订阅APKPure
第一时间获取热门安卓游戏应用的首发体验,最新资讯和玩法教程。
不,谢谢
订阅
成功!
您已订阅我们的邮件通知。