Ushbu kitob Shariatimiz qoidalari ahli sunna val jamoa tushuntirilgan
Ahmad Hodiy Maqsudiy
IBODATI ISLOMIYA
Ushbu kitob shariatimiz qoidalari ahli sunna val jamoa, xususan, hanafiy mazhabi ko‘rsatmalariga asosan tushuntirilgan. Asar o‘tgan asr boshlarida o‘sha paytdagi til meʼyorlariga mos ifoda va iboralar ila bitilgan. Bu yo‘sindagi ifoda hozirgi zamon o‘quvchisining tushunishiga biroz qiyinchilik tug‘diradi, albatta. Shu bois muallif tilini biroz bo‘lsa-da zamonaviylashtirishga jurʼat etdik.
Ushbu qo‘llanma keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallanib, e'tiqodu amal masalalarini o‘rganishda xizmat qiladi, degan umiddamiz.