Suv - umumiy muammo. Uni asraylik va jamoatchilik nazoratini birga ornataylik!
Siz yashaydigan joyda suv bo'yicha muammo chiqdimi؟
Qayerdadir suv bekorga oqib yotgani yoki isrof bo'layotganini ko'rdingizmi؟
Balki ko'p qavatli uy yoki ko'chada suv quvuriga shikast yetganiga guvoh bo'lgandirsiz ...
U holda Suvni asra mobil ilovasi aynan siz uchun!
Siz suv muammosini bizga yuborish orqali o'z fuqarolik pozitsiyangizni bildirish bilan birga jamoatchilik nazoratini ham ornatasiz.
Suv - umumbashariy muammo. Uni birgalikda asraylik va jamoatchilik nazoratini birga o'rnataylik!