사용자 환경을 개선하기 위해 이 웹 사이트의 쿠키 및 기타 기술을 사용합니다.
이 페이지의 링크를 클릭하면 당사의 개인 정보 보호 정책쿠키 정책에 동의하는 것입니다.
동의함 더 알아보기
Otajon Hudoyshukurov 아이콘

1.0 by WS Musiqa


Jul 10, 2019

Otajon Hudoyshukurov 정보

Otajon Hudoyshukurov qo'shiqlari, internetsiz, offlayn

“Amudaryoning nariyog’ida tengdoshlaridan o’zining xudo bergan iste’dodi, shirali ovozi bilan ajralib turadigan, talantda tengi yo’q bir yigit bor. San’at bo’stonining ertangi bulbuliyam, faxriyam o’sha yigit bo’ladi. Uning ovozida imkoniyat cheksiz-chegarasiz”. Bu e’tirof mashhur san’atkor Komiljon Otaniyozov tomonidan 1970 yilda aytilgan. Komiljon aka Amudaryoning narigi tomonida deganida, to’rtko’llik Otajon Xudoyshukurovni aytgan ekanlar.

Ustozining bashorati o’ngidan keldi. Otajon Xudoyshukurov 50 yilgina (1944-1994) hayot kechirgan bo’lsa-da, tirikligidayoq afsonaga aylangan san’atkor edi. U O’zbekiston, Turkmaniston, Qoraqalpog’iston, Tatariston xalq artisti kabi unvonlarga sazovor bo’ldi. Bir umr tug’ilgan go’shasi To’rtko’lda ijod qilib, qishloqda yashab ham dunyoga dovruq taratmoq mumkinligini isbotlay oldi. Ya’ni g’arbda keng tarqalgan “iste’dodlar qishloqda tug’ilib Parijda vafot etishadi”, degan aqidaning noto’g’riligini o’z hayoti misolida isbotlab berdi.

Otajon Xudoyshukurov (1944. 4. 10 — Toʻrtkoʻl — 1994. 22. 12) — xonanda; Oʻzbekiston (1977) va Qoraqalpogʻiston (1970) xalq artisti.

Ashula aytishni amakisi xonanda Y. Olloshukurovdan oʻrgangan, keyingi ustozlari K. Otaniyozov, Nazir qori, J. Bekchonov va boshqa 1963 yildan Qoraqalpoq davlat filarmoniyasida yakkaxon xonanda. Repertuaridan mumtoz ashulalar ("Feruz I—II", "Xorazm Segohi", "Bozurgoniy", "Qoʻshchinor", "Guluzorim", "Kurd Eshvoyi", "Samarqand ushshogʻi", "Toshkent Irogʻi" va boshqalar), Xorazm doston noma (qoʻshiq)lari ("Najab oʻgʻlon" dostonidan "Kimni sevar yorisan", "Bahrom va Gulandom"dan "Ayriliq", "Avazxon"dan "Qalandarim"), kompozitor va bastakorlar asarlari ("Koʻzlaring sening", "Oʻzbekistonim", "Raʼno boʻlayin deb", "Sogʻinib keldim" va boshqalar), shuningdek, turkman, ozarbayjon, qoraqalpoq, qozoq va qirgʻiz xalq qoʻshiqlari oʻrin olgan. Otajon Xudoyshukurov sozanda (torchi) va oʻzi aytadigan ("Mujgonlaring", "Olamda bir", "Birinchi muhabbatim" kabi 300 dan ortiq) qoʻshiqlarning bastakori sifatida ham tanilgan. Otajon Xudoyshukurov jozibali, chiroyli tembrli, keng, barcha pardalarda ravon va jarangdor ovoz sohibi. Uning qoʻshiqlaridagi ehtiros, shijoat va joʻshqinlik, mazmuniy teranlik kabi xislatlar tinglovchilar qalbidan chuqur joy olgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1974). 1999 yildan Otajon Xudoyshukurov nomida yosh xonandalarning Respublika tanlovi oʻtkazilmoqda. Ellikqalʼa va Toʻrtkoʻldagi koʻcha, xiyobon va bogʻlarga Otajon Xudoyshukurov nomi berilgan.

Ushbu ilovada Otajon Xudoyshukurovning:

- Ayrildim

- Bir qadamcha yo'qdir

- Bo'lmas

- Dod dastingdan

- Dog' alinnan

- Hayroni

- Jayxun shamollari

- Katta suvoro

- Kel ey Dilbar

- Ketishim shart edi

- Lazgi

- Muhabbat

- O'tiraman o'ylanaman

- Qalandariy

- Sayodxon

- Shaydo denglar

- So'yla go'zal

- Tabassum qil

- Xilola dushmish

- Xorazm lazgisi nomli qo`shiqlari joy olgan.

최신 버전 1.0의 새로운 기능

Last updated on Jul 10, 2019

Otajon Hudoyshukurov qo'shiqlari

번역 로드 중...

추가 앱 정보

최신 버전

Otajon Hudoyshukurov 업데이트 요청 1.0

업로드한 사람

Vijay Pulkuzhiyil

필요한 Android 버전

Android 4.1+

더 보기

Otajon Hudoyshukurov 스크린 샷

언어
APKPure를 구독하십시오
최고의 Android 게임 및 앱의 초기 릴리스, 뉴스 및 가이드에 액세스하는 첫 번째 사람이 되십시오.
고맙지 만 사양 할게
가입하기
성공적으로 구독!
당신은 이제 APKPure에 가입되었습니다.
APKPure를 구독하십시오
최고의 Android 게임 및 앱의 초기 릴리스, 뉴스 및 가이드에 액세스하는 첫 번째 사람이 되십시오.
고맙지 만 사양 할게
가입하기
성공!
당신은 이제 우리의 뉴스 레터를 구독하고 있습니다.