Ko`z kasalliklari kelib chiqishi sabablari va davolash usullari haqida ma'lumot
Ko'z kasalliklari - ko'z soqqasi, qovoq, kon'yunktiva, ko'z yoshi a'zolari va ko'z kosasi kasalliklari.
Yaqindan va uzoqdan ko'rolmaslik, ko'z astigmatizm ham ko'z kasalliklariga kiradi. Ko'z kasalliklari tug'ma va hayotda orttirilgan, yuqumli va yuqumsiz, o'tkir va surunkali, bitta yoki ikkala ko'zda bo'ladi. Organizmning umum kasalliklari: infeksi (sil, zaxm, revmatizm, gripp, difteriya, tiflar va boshqalar), parazitar (har xil gelmintlar, mas, exinokokklar qo'zg'atadigan), endokrin (qandli diabet va hk), qon tomir (gipertoniya kasalligi va boshqalar) kasalliklari , qon kasalliklari (leykoz), o'smalar (rak, sarkoma va boshqalar), markaziy nerv sistemasi kasalliklari (meningit, miya o'smasi), shuningdek, burun bo'shligidagi patologik jarayonning atrofga tarqalishi ko'z kasalliklariga karena bo'ladi. Ko'zga infeksiya tushishi, mexanik, kimyoviy (kislota va ishqorlar) va fizik omillar (issiqlik, yorug'lik, radioaktiv nur) dan shikast yetishi ham ko'z kasalliklariga olib keladi. Glaukoma, traxoma kabi kasalliklarda, ko'z og'ir shikastlanganda va kuyganda, ko'rish nervi atrofi yaxshi kishi vaqtida davolanmasa, ko'r bo'lib qolishi mumkin. Ko'z kasalliklarining paydo bo'lish sabablari, davosi va oldini olish masalalarini oftalmologiya o'rganadi.