Haj va Umra Ibodatlari (duo kitobi)


1.0 by Shum Bola
2020年02月01日

關於Haj va Umra Ibodatlari (duo kitobi)

Haj va Umra Ibodatlari(duo kitobi)

Alloh taolo Qur’oni karimda shunday marhamat etadi: “Parvardigoringiz: “Menga duo-iltijo qilinglar, Men sizlarga (qilgan duolaringizni) mustajob qilurman”, dedi”. (G‘ofir surasi, 60-oyat).

Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamdan vorid bo‘lgan hadisi sharifda: “Albatta Alloh taolo saxiy va hayo egasidir. U O‘zi uchun qo‘llarini ko‘tarib, duo qilib to‘rgan kishini umidsiz, qup-quruq qaytarmoqlikdan hayo qiladi”, deyilgan.

Duo – ibodatdir. U banda bilan Holiqi Zuljalolning orasini bog‘laydi. Inson Allohdan rahmat, mag‘firat, ne’mat, so‘rab, Unga tavba-tazarru qilib, duoga qo‘l ochadi. Duo orqali Parvardigoriga iltijo qilib, Undan madad so‘raydi. Bu bilan Alloh taolo huzurida bandalikni, qullikni bo‘yniga oladi.

Duo hamma joyda, barcha ibodatlarda, hamma vaqtda qilinaveradi. Ayniqsa haj va umra ibodatlarida duolarning ko‘proq ijobat bo‘lishi haqida ulamo va fuzalolarning fikrlari bor. Chunki ana shu ibodatlar asnosida musulmonlar dunyo hayotidan ma’lum vaqtga uzilib, Allohga yanada yaqinlashadilar, Parvardigorlari huzurida turib, tavba-tazarru qilish, Uni ko‘proq zikr etish, hojatlari va ne’matlarini so‘rash imkoniyati ko‘payadi.

Haj va umra ibodatini ado etish tartibi, uning arkonlari va hukmlari haqida ko‘plab kitoblar tasnif etilib, har yili hojilarimiz ulardan bahramand bo‘lishmoqda. Endi haj va umra qilish chog‘ida, arkonlarni bajarishda o‘qiladigan duolar ham kitob holida to‘planib, hukmingizga havola etilyapti. Agar u ibodatlaringizni komil qilishda, Allohga yolborib qilayotgan duolaringizni ko‘paytirishda asqotib qolsa va yordam berolsa, musannif niyatiga yetgan bo‘lur edi.

Tavfiq – Allohdandir!

最新版本1.0更新日誌

Last updated on 2020年03月01日
HAJ va UMRA IBODATLARI (Duo kitobi)

更多應用信息

最新版本

1.0

上傳者

Såñy

系統要求

Android 4.1+

舉報

舉報不當內容

更多

下載 APKPure App

可在安卓獲取Haj va Umra Ibodatlari (duo kitobi)的歷史版本

下載

下載 APKPure App

可在安卓獲取Haj va Umra Ibodatlari (duo kitobi)的歷史版本

下載

Haj va Umra Ibodatlari (duo kitobi)相關應用

Shum Bola 開發者的更多應用

最新發現