下載 APKPure App
可在安卓獲取Musofir的歷史版本
“MUSOFIR”xayriya loyihasi
Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda bir qator tashkilotlar, jumladan, Oʻzbekiston yoshilari umumjahon assotsiatsiyasining ham ahohida o'rni bor。 Tashkilotning asosiy maqsad va vazifalari xorijiy mamlakatlarda ta'lim olayotgan hamda mehnat qilayotgan, O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lgan yoshlar bilan ish olib borish, ularing huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo'vatt-quir, o'z o' rnini topishiga ko'maklashishdan iboratdir。
O'qish va/yoki ishlashning o'ziga yarasha qiyinchiligi bor。 Ayniqsa, bu xorijiy mamlakatda bo‘lsa, ushbu qiyinchilik ikki baravar ortadi。 Musofir yurtda ta'lim olish yoki mehnat faoliyati davomida turli qiyinchilik, murakkab vaziyatlar, mushkul damlarga tushib qolish hech gap emas。 Shunday vaziyatda inson biroz qo'llab-quvvatlashga, ko'makka ehtiyoj sezadi。 Ushbu ko'makning beg'araz, qolaversa, o'z ona yurtidan bo'lishi har qanday og'ir vaziyatni tez yengib o'tishga sabab bo'ladi。
Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan “MUSOFIR” xayriya loyihasi aynan ushbu vaziyatdagi, ya'ni xorijda ta'lim olish va/yoki mehnat faoliyatini amalga oshirish davomida turli qiyinchilik, murakkab vaziyatlarga tushib qolgan o'zbekistonlik talaba va ishchi migrantlarga ijtimoiy yordam ko' rsatishni nazarda tutadi。 Ushbu beg‘araz yordam xorijdagi yurtdoshlari taqdiriga befarq bo‘lmagan fuqarolarimiz tomonidan turli yo‘llar va vositalar orqali kelib tushgan xayriya mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi。
Loyiha O'zbekiston Respublikasidagi yoshlarga oid davlat siyosati hamda mavjud muammo va kamchiliklarni inobatga olgan holda O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi tomonidan xorijdagi murakkab vaziyatga tushib qolgan o'zbekistonlik yoshlar murojaatlarni ijobiy hal etish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar ko'rish ko'lamini kengaytirish, xorijiy mamlakatlarda mehnat faoliyatini amalga oshirish va/yoki ta'lim olish bilan bog'liq ijtimoiy qiyinchiliklarga duch kelayotgan hamyurtlarimizga xorijiy va mahalliy tashkilotlar hamda moliyaviy barqarorlikka ega fuqarolardan izchil xayriya moliyaviy yordamlari ko'rsatilishi mexanizmining yo'lga qo'yilishini ta'minlashga qaratilgan.
Last updated on 2024年04月01日
In this update:
- Minor changes and optimizations;
Musofir
1.2.8 by UIC Group
2024年04月01日