Kami gunakan kuki dan teknologi yang lain pada laman web ini untuk menambah baik pengalaman anda.
Dengan klik mana-mana pautan pada halaman ini, anda bersetuju dengan Dasar Privasi dan Dasar Kuki kami.
Ok Saya Setuju Baca Yang Selanjutnya

Mengenai Muqaddas Kitob

Zamonaviy o'zbek tilidagi tarjima, qo'shimcha ma'lumot va izohlar Ilova qilingan

Mazkur ilova o‘zbek tilidagi Muqaddas Kitobning, ya’ni Bibliyaning lotin yozuvidagi varian. Ilovaning kirill varianti, shuningdek iOS uchun lotin va kirill variantlari ham mavjud.

Ilovaning kirill varianti:

https://play.google.com/store/apps/details?id=org.ibt.uzbek.muqaddas.kitob.kirill.sab&hl=ru

Ilovaning ingliz tilidagi tafsiloti:

https://play.google.com/store/apps/details?id=org.ibt.uzbek.muqaddas.kitob.kirill.sab&hl=en

Muqaddas Kitobning boshqa elektron formatlari:

http://www.ibt.org.ru/muqaddas-kitob/lotin

Muqaddas Kitob aslida ibroniy, oramiy va yunon tillarida yozilgan va o‘zbek tiliga o’sha tillardan tarjima qilingan. Mazkur tarjimaga har bir kitobga kirish, sarlavhalar, izohlar, lug'at, rasmlar, jadvallar va xaritalar ilova qilingan. Muqaddas Kitobning tarjima jarayoni, uni chuqur o'rganish uchun berilgan ushbu manbalar bilan, shunaqdadek, u yana boshqa ma'lumotlar bilan tanishishni istasangiz, mazkur ilovaga kiritilgan So'zboshi va Muqaddas Kitobga kirish qismlariga murojaat eting.

Quyidagi ma'lumot 2016 yilda nashr qilingan Muqaddas Kitob ning So'zboshi dan olingan:

Mazkur Kitob ikki ming yildan oshiq davr mobaynida muqaddas deb e'irof etilgan bitiklarning o'zbek tiliga qilingan birinchi to'liq tarjimasidir. Muqaddas Kitob Eski va Yangi Ahd bitiklaridan iborat. Bular tarkibida o‘zbek kitobxonlariga yaxshi tanish bo’lgan Tavrot, Zabur, Injil, shuningdek Payg‘ambarlar bitiklari bor.

1992 yili Yangi Ahd kitoblari o'zbek tilida Injil nomi ostida ilk bor to'liq holda chop etilgan edi. Injil kitobining ilk tarjima matni chop etilgandan keyin ham jiddiy tahrir qilindi va mazkur nashrga kiritildi. Ushbu tarjima ustida mutaxassislar yigirma yildan ko’proq mehnat qildilar. Nihoyat, Muqaddas Kitob to'liq holda O'zbekiston Respublikasining davlat tilida chop etildi.

Muqaddas Kitobda bayon qilingan aksariyat voqealar g‘arbiy Osiyoda bo‘lib o‘tgan bo‘lsa – da, undagi bebaho hikmatlar dunyo bo‘ylab yoyilib, ko’plab xalqlar madaniyatini yanada boyitdi. Insoniyat tarixida Muqaddas Kitobdan ko'ra ko'p tarjima qilingan kitob yo'q. Muqaddas Kitob jahon madaniyatining klassik merosi hisoblanadi.

Butun jahonda adabiyotning yuksak butasi sifatida qadrlanadigan mazkur Kitob Xudoning insoniyat bilan bo’lgan munosabati tarixi haqida so’z yuritadi. Shu bois Kitob asrlar davomida odamlarga Yaratuvchi bilan hamda bir – birlari bilan yarashish yo’lini ko’rsatib kelmoqda.

Tarjimonlar guruhi mazkur Kitobga jiddiy ilmiy ish sifatida yondashganlar. Ular Kitob tarjimasi yuzasidan chuqur tadqiqotlar olib borib, o'z oldilariga qo'yilgan vazifalarni nihoyatda diqqat – e'tibor bilan bajarganlar. Buni nafaqat matnning o’zidan, balki kitobxonning bilimini oshirish uchun kitobga ilova qilingan qo‘shimcha ma’lumotlardan ham ko‘rishingiz mumkin. Shu bilan birga, tarjima uslubiga ham katta e’ibor berilgan, matn zamonaviy kitobxonlarimizga tushunarli bo‘lishi uchun tabiiy va sodda tilda tarjima qilingan.

Muqaddas Kitobda bayon qilinishicha, Xudo har bir odamni O’ziga chorlaydi, Xushxabarning mag‘zi ham asosan ana shundan iborat. Iso Masih yer yuziga kelib, xochdagi o‘limi va o‘likdan tirilishi orqali bizga Xudo bilan yarashish imkonini berdi. Xudoning mangu sevgisi Iso orqali osmondan zaminga tushib keldi. Iso Xudoning fe’l – atvorini insoniy madaniyat va til orqali bizga namoyon qildi. Menghindari uchun biz Xudoning qanday fe’l – atvorga ega ekanini bila olamiz. Umid qilamizki, Muqaddas Kitobning mazkur tarjimasi ko'plab kitobxonlarimizni Xushxabar orqali Xudo bilan yarashtiradi.

Muqaddas Kitob

© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

[email protected]

Apa yang baru dalam versi terkini 3.1.1

Last updated on Feb 29, 2024

Eski Ahdning oʻn ikkita kitobiga matnni yoritib borish funksiyasi qoʻshilgan (ushbu funksiya “Faqat ovoz” audio versiyasi uchun qoʻllanilgan).
Matnning yoritib borilishi bilan bogʻliq muammo bartaraf qilindi.

Terjemahan Memuatkan...

Maklumat APLIKASI tambahan

Versi Terbaru

Minta Muqaddas Kitob Kemas kini 3.1.1

Dimuat naik oleh

Noémy Ch Fdz

Memerlukan Android

Android 4.1+

Available on

Dapatkan Muqaddas Kitob melalui Google Play

Tunjukkan Lagi

Muqaddas Kitob Tangkapan skrin

Bahasa
Langgan APKPure
Jadilah yang pertama untuk mendapatkan akses kepada pelepasan awal, berita, dan panduan permainan dan aplikasi Android terbaik.
Tidak, Terima kasih
Daftar
Berjaya berjaya!
Anda kini melanggan APKPure.
Langgan APKPure
Jadilah yang pertama untuk mendapatkan akses kepada pelepasan awal, berita, dan panduan permainan dan aplikasi Android terbaik.
Tidak, Terima kasih
Daftar
Kejayaan!
Anda kini melanggan surat berita kami.