O'limni eslash kitobi

Imom G‘azzoliy

2.0 by Sabr
2021年01月07日 歷史版本

關於O'limni eslash kitobi

Alloh O’limni muttaqiylar uchun najot va uchrashrash va’dalashilgan manzil qildi。

Imom G‘azzoliy

IHYOU ULUMID-DIN

O‘LIMNI ESLASH KITOBI

Ne-ne bahodirlarni yer tishlatgan, qanchadan-qancha kisrolarni yakson etgan, o‘limni mutloq unutgan qaysarlarning orzu-umidlarini yo‘kqa chiqargan zot — Ollohga hamd bo‘lsin. Darhaqiqat, «dunyoga ustunman» degan sonsiz bahodirlarga, kisroyu qaysarlarga va’da haq bo‘ldi. Ollohularni tubsiz chohga qulatdi. Bas, ular qasrlardan qabrlarga, nur balqqan beshiklardan qop-qorong‘u go‘rlarga ko‘chdilar, ayollar va bolalarni erkalash lazzatidan mahrum bo‘lib, hasharot va ochofat kurtlarga yem bo‘ldilar.

Taom va sharob ne’matidan kesilib, qaro tuproqqa qorildilar. Ulfatlarning huzurbaxsh bazmidan uzilib, dahshatli yolg‘izlik, so‘ngsiz bezovtalik ichra qoldilar.

Aytingchi, dunyoda o‘limdan saqlaydigan biror qal’a yoki kuch bormi?! Bor bo‘lsa, u bilan himoyalaning, qani, o‘zingizni o‘limdan to‘sib ko‘ring-chi!

«Biz ulardan ilgari ham ancha avlodni halok qilganmiz. Siz ulardan birortasini ko‘rurmisiz yoki ovozlarini eshiturmisiz?!» (Maryam surasi, 98-oyat).

Buyuklik va qudratda yagona bo‘lgan Olloh shirk va nuqson kirlaridan pokdir. U zot baqoning egasi, Undan o‘zgasi fanodir. Boqiy zot foniylarga baxt ato etdi. O‘limni muttaqiylar uchun najot va uchrashuv va’dalashilgan manzil qildi. Qabr esa badbaxtlar uchun zindon, to yaxshilik yomonlikdan ajraladigan jazo kunigacha tor xibsxona bo‘ldi.

Barcha ne’matlarni ato qilguvchi - Olloh, so‘ngsiz qahr bilan intiqom oluvchi ham Olloh. Osmonlaru yerda U zotga shukrlar ko‘p. Avvalu oxir U zot uchun hamdlarga to‘la!

Ochiq mo‘jizalari bilan bani Odam ichra mumtoz janobi pang‘ambarimiz Muxammad alayhissalomga, uning ahli baytlari hamda ashobiga salovotu salomlar bo‘lsin!

最新版本2.0更新日誌

Last updated on 2021年01月09日
O'limni eslash kitobi - Imom G‘azzoliy

更多應用信息

最新版本

2.0

上傳者

Tedro Tedro Ksl

系統要求

Android 4.4+

舉報

舉報不當內容

更多

下載 APKPure App

可在安卓獲取O'limni eslash kitobi的歷史版本

下載

下載 APKPure App

可在安卓獲取O'limni eslash kitobi的歷史版本

下載

O'limni eslash kitobi相關應用

Sabr 開發者的更多應用

最新發現