We use cookies and other technologies on this website to enhance your user experience.
By clicking any link on this page you are giving your consent to our Privacy Policy and Cookies Policy.
Payg'ambarlar qissasi 圖標

3.0 by Sabr


2021年01月09日

關於Payg'ambarlar qissasi

Avliyolar qissasi yohud Qissasi Rabg'uziy asari

Milodiy 1309–1310 yillarda yozilgan “Qisasi Rabg‘uziy” asarini kitobat olamining go‘zal, betakror bir obidasiga qiyos etgulik! Yozma yodgorlikda Odam Ato va Momo Havodan tortib, Muhammad Mustafogacha yashab o‘tgan payg‘ambarlarning hayoti, ezgu o‘yu amallari hikmatlar, rivoyatlar orqali mohirona aks ettirilgan. Unda Sharq falsafasi bilan qadimiy milliy qadriyatlarimiz uyg‘unlashib ketgan.

Qadimiy turkiy tilni o‘zida ifoda etgan bebaho durdona ikki kitobdan iboratdir. Sobiq sovetlar davrida hayoti va ijodi o‘rganilishi taqiqlangan allomaning ushbu asari Mustaqillik sharofati va tariximizga munosabat o‘zgarganligi tufayli darsliklardan o‘rin oldi. Masalan, 9-sinf adabiyoti majmuasiga Nosiruddin Burhonuddin Rabg‘uziy(oxirati obod bo‘lsin)ning mashhur asarlaridan namunalar kiritilgani buning isbotidir. “Qisasi Rabg‘uziy” asari o‘zbek nasriy adabiyotining birinchi yirik namunasidir.

El orasida qadimdan mashhur bo‘lgan bu asar “Payg‘ambarlar qissasi” yoki “Avliyolar qissasi”deb ham yuritiladi. Zero, asarda Odam Atodan boshlanib, Muhammad alayhis-salomgacha o‘tgan barcha payg‘ambarlar haqida zikr etiladi. Kitobda afsonaviy payg‘ambarlar bilan birga payg‘ambarlashtirilgan shaxslarga, jumladan, Luqmoni hakim, Iskandar Zulqarnaynga ham katta o‘rin berilgan.

Asar muqaddimasida aytilishicha, qo‘lyozma Xorazmda Raboto‘g‘uz degan joyning qozisi Burhonuddin o‘g‘li Nosiruddin tomonidan musulmon dinini qabul qilgan, e’tiborli mo‘g‘ul beklaridan hisoblangan Nosiruddin To‘qbug‘aning iltimosiga ko‘ra, hijriy 709 (milodiy 1309–1310) yilda yozilgan. Nosiruddin Rabg‘uziy asarni deyarli bir yillik tinimsiz mehnatdan so‘ng hijriy 710 yilning Hut (melodiy 1310 yil 21 fevral-21mart) oyida nihoyasiga yetkazadi. Bu haqida qo‘lyozmaning so‘zboshisida ya’ni, Rabg‘uziyning o‘zi tomonidan yozilgan birinchi kitobdagi muqaddimada keng qamrovli sharh berilgan.

最新版本3.0更新日誌

Last updated on 2021年01月09日

Payg'ambarlar qissasi

翻譯中...

更多應用信息

最新版本

請求 Payg'ambarlar qissasi 更新 3.0

上傳者

Anaïs Barret

系統要求

Android 4.4+

更多

Payg'ambarlar qissasi 螢幕截圖

語言
訂閱APKPure
第一時間獲取熱門安卓遊戲應用的首發體驗,最新資訊和玩法教程。
不,謝謝
訂閱
訂閱成功!
您已訂閱APKPure。
訂閱APKPure
第一時間獲取熱門安卓遊戲應用的首發體驗,最新資訊和玩法教程。
不,謝謝
訂閱
成功!
您已訂閱我們的郵件通知。